Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barbados hukumati Falastinni davlat sifatida tan olmoqchi

Barbados hukumati Falastinni davlat sifatida tan olmoqchi

Barbados Isroil bilan aloqalarini saqlab qolgan holda Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Kerri Simmonds malum qildi.

«Barbados har doim BMTda Falastin-Isroil mojarosida yechim bo‘lishi kerakligini ta’kidlab keladi. Baxtga qarshi, davlatimiz ikki davlat kelishuvini istab kelishiga qaramay, shu kungacha Falastin davlatini tan olmagan.

Qanday qilib biz Falastinni davlat sifatida tan olmasdan «ikki xalq uchun ikki davlat» tushunchasi asosida kelishuvni xohlayapmiz deb ayta olamiz?» – deydi Simmonds.

Uning ta’kidlashicha, Falastinni tan olish haqidagi ariza hozirda Vazirlar Mahkamasi tomonidan «ko‘p yillar davomida qilingan xato»ni tuzatish uchun ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasi 1947-yilda Falastin-Isroil kelishuvining asosiy hujjatlaridan biri – Falastinning bo‘linishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiya shu paytgacha Britaniya nazorati ostida bo‘lgan Falastin hududida ikkita mustaqil davlat – arab va yahudiy davlatlarini yaratishni nazarda tutgan, shuningdek, Quddusga alohida xalqaro maqom o‘rnatgan. Shunga ko‘ra, yahudiy davlati – Isroil 1948-yil may oyida e’lon qilingan. Falastin hududida esa hali to‘laqonli arab davlati tashkil etilmagan.

1967-yil 22-noyabrda BMT Xavfsizlik kengashi 242-rezolyutsiyani qabul qildi. Unda 1967-yilgi Olti kunlik urush natijalarining aksariyat qismini bekor qilish yo‘li bilan arab-isroil mojarosini to‘xtatishga chaqirilgan. Olti kunlik urushda Isroil G‘arbiy Sohil, jumladan, Sharqiy Quddus va G‘azo sektori ustida nazorat o‘rnatgan.

BMT rejasida esa Isroilning 1949-yilgi chegaralariga qaytishi va Iordaniya hamda O‘rta yer dengizi o‘rtasida Isroil yahudiy davlati bilan birga Falastin arab davlatining ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu rezolyutsiya hanuzgacha arab-isroil mojarosi va Falastin masalasini hal etishda yetakchi hujjat sifatida tan olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring