Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barselona portida naq to‘rt tonna kokain musodara qilindi

Barselona portida naq to‘rt tonna kokain musodara qilindi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi jinoiy guruhlardan biriga qarshi kurash doirasida Barselona portida to‘rt tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda Reuters agentligi Ispaniya huquq-tartibot idoralari matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

2023-yilda politsiya Paragvaydan Barselonaga konteynerlarda guruch tashigan kompaniya ustidan tergov boshlagandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari navbatdagi tekshiruv vaqtida giyohvand moddalarni aniqladilar.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, bu Barselona portida topilgan kokainning eng yirik partiyasi bo‘lgan. Operatsiya davomida guruhning 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Shuningdek, tergov doirasida Paragvay politsiyasi tomonidan giyohvand moddalarning katta partiyasi qo‘lga olindi. U yerda 3,3 tonna kokain topilgan. Mart oyida Buyuk Britaniyada yana 2,1 tonna giyohvand moddalar musodara qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring