Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden keksayganini nihoyat tan oldi

Bayden keksayganini nihoyat tan oldi

Amerika prezidenti Jo Bayden Donald Tramp bilan debatdagi chiqishi haqida fikr bildirdi.

NBC telekanali xabariga ko‘ra, Bayden bahsni unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagani va u yaxshi debatchi emasligini tan oldi.

«Men endi yosh yigit emasligimni bilaman. Avvalgidek oson yurmayman. Avvalgidek ravon gapirmayman. Avvalgidek bahslashmayman, lekin men haqiqatni qanday aytishni bilaman!» — dedi Oq uy rahbari.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, yiqilsang, turishing kerak.

Avvalroq 28 iyun kuni Atlantada Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasida saylovoldi birinchi teledebat bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi. Uni CNN telekanali efirga uzatdi. Raqiblar 90 daqiqa davomida iqtisodiy muammolar, migratsiya, keyin xalqaro mavzularni muhokama qilishdi.

Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishini tanqid qildi, agar u g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni hal qilishini aytdi.

Bayden Trampni «landavur va omadsiz» deb atadi, Tramp esa Bayden jinoyatchi va umuman tarixdagi eng yomon prezident ekanligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring