Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus o‘lim jazosini kuchaytirdi

Belarus o‘lim jazosini kuchaytirdi

Foto: «Delfi»

Belarus — Yevropa va MDHdagi o‘lim jazosi qo‘llanilayotgan yagona mamlakat. Otuv yo‘li bilan amalga oshiriladigan ushbu jazo mamlakat sudlari tomonidan inson o‘limiga sabab bo‘lgan o‘ta og‘ir holatlardagi jinoyatlar uchun qo‘llanib kelingan.

Mamlakat Milliy yig‘ini vakillar palatasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Unda terakt amalga oshirishga uringanlik uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilishi imkoniyatlari ko‘zda tutilgan.

Belarus ommaviy axborot vositalari yozishicha, ushbu choradan maqsad buzg‘unkor unsurlarni tiyib qo‘yish hamda terrorchilik faoliyatiga qarshi davlatning qat’iyatli kurashini namoyish etishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring