Braziliya prezidentlik saylovlariga AQShning ehtimoliy aralashuvini tekshiryapti
Braziliya Federal politsiyasi mamlakat prezidentlik saylovlariga tashqi kuchlarning ehtimoliy aralashuvini tekshirish bo‘yicha dastlabki jarayonni boshladi. Bu haqda politsiya bosh direktori Andrey Rodriges ma’lum qildi.
Tekshiruv Braziliya Bosh advokaturasining murojaatidan so‘ng boshlangan. Murojaatda AQSh hukumati tomonidan saylov jarayoniga ta’sir ko‘rsatish va Braziliya Oliy sudi obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan ehtimoliy moliyalashtirish haqidagi ma’lumotlarni tekshirish so‘ralgan.
Rodrigesning ta’kidlashicha, hozircha rasmiy jinoiy surishtiruv ochilmagan. Federal politsiyaning razvedka bo‘limi kelib tushgan ma’lumotlarni tahlil qilib, keyingi choralar bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Ayni paytda Braziliya Oliy saylov sudi raisi Kassio Nunes Markes saylovning birinchi bosqichida xorijiy aralashuv alomatlari aniqlanmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar ham ovoz berish jarayonining shaffof va odatiy tartibda o‘tganini qayd etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter