Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dahshatli ko‘chki 55 kishining umriga zomin bo‘ldi

Dahshatli ko‘chki 55 kishining umriga zomin bo‘ldi

Efiopiya janubidagi Gofa hududida ko‘chki oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’muriyati ma’lum qildi.

Gofa zonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan tarqatilgan bayonotda aniqlik kiritilishicha, qurbonlarning jasadlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida topilgan.

Ishlar hamon davom etmoqda, shuning uchun qutqaruvchilar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti, deb xabar beradi AFP.

21-iyul kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi qishloqlardan birida yer ko‘chkisi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring