Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqon dalasidan topilgan xazina 5,6 million dollarga sotildi

Dehqon dalasidan topilgan xazina 5,6 million dollarga sotildi

Qazilmalar paytida topilgan ming yillik xazina 5,6 million dollarga sotildi.

ABC News xabariga ko‘ra, Angliya janubi-g‘arbidagi dehqon dalasida Adam Staples va uning olti nafar do‘sti qariyb ming yil davomida yerga ko‘milgan holda turgan 2500 dan ortiq kumush tangadan iborat xazina topgandi.

South West Heritage Trust 1066-1068 yillar orasida zarb qilingan 2584 kumush tangani 5,6 million dollarga sotib oldi.

Tangalarning ba’zilarida qirol Vilgelm I tasvirlangan bo‘lsa, boshqalarida Garold II tasvirlagan.

Ushbu xazina Britaniya muzeylarida namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring