Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy uch odami ro‘yxati o‘zgardi

Dunyoning eng boy uch odami ro‘yxati o‘zgardi

Fransiyalik milliarder, LVMH egasi Bernard Arno dunyodagi eng boy odamlar uchligidan tushib ketdi. Endi kuchli uchlik faqat amerikaliklardan iborat. Buni Blommberg Billionare Index (BBI) ma’lumotlari tasdiqlaydi.

BBI reytingida birinchi o‘rinni Tesla Motors va SpaceX xo‘jayini Ilon Mask egalladi. 14-avgust holatiga ko‘ra, tadbirkorning boyligi 235 milliard dollarni tashkil etadi, ikkinchi o‘rinda Amazon asoschisi Jeff Bezos turibdi, uning aktivlari 193 milliard dollarga baholangan va taqiqlangan) Mark Sukerberg 188 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ilon Mask 2024 yil iyun oyi oxirida Space X’ning bozor qiymatini qayta baholash natijasida eng badavlat tadbirkorlar ro‘yxatida o‘z yetakchiligini tikladi. O‘shanda uning umumiy kapitali 216 milliard dollarga baholangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha u asosiy raqobatchisi Jeff Bezosdan biroz oldinda edi. Shunday qilib, so‘nggi bir yarim oy ichida Maskning umumiy boyligi 19 mlrd dollarga oshdi. 

Bernard Arnoning boyligi 185 milliard dollarga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring