Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng katta narkobaronlaridan biri qo‘lga tushdi

Dunyoning eng katta narkobaronlaridan biri qo‘lga tushdi

Foto: Times Now

Dunyoning eng katta narkobaronlaridan biri Ismael «El Mayo» Sambada AQSh (El-Paso, Texas shtati)da qo‘lga olindi.

Sambada — Meksikadagi «Sinaloa» narkokartelining yetakchisi. 76 yoshli Sambada kartelga Hoakin «El Chapo» Gusman bilan birga asos solgan (Gusman hozir Amerika qamoqxonasida jazoni o‘tayapti).


Mavzuga doir: Meksika ko‘chalari narkokartelga qarshi jang maydoniga aylandi (video)


AQSh adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Sambada bilan birga Gusmanning o‘g‘li Hoakin Gusman Lopes ham hibsga olingan. Bu paytda ular Texasdagi xususiy aeroportlardan birida bo‘lishgan.

AQSh bosh prokurori Merrik Garlandning aytishicha, Sambada va Lopes «dunyodagi eng shafqatsiz va kuchli narkokartellardan biri»ni boshqarishmoqda.

Fevralda AQSh hukumati Sambadani fentanilli narkotik moddani tayyorlash va tarqatishda ayblagan edi.

«Fentanil — mamlakatimiz duch kelgan eng ko‘p o‘limga sabab bo‘luvchi narkotahdid. Toki fuqarolarimizni zaharlashda aybdor kartelning har bir yetakchisi, a’zosi va sherigi javobgarlikka tortilmas ekan, Adliya vazirligi tinim bilmaydi», — dedi Garland.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring