Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yengilgan kurashga to‘ymas» — Tramp Harrisga rad javobini berdi

«Yengilgan kurashga to‘ymas» — Tramp Harrisga rad javobini berdi

Foto: Raadio 4 - ERR

Donald Tramp Kamala Harrisning yana debat o‘tkazish taklifini rad qildi.

«Mag‘lub bo‘lgan bokschi yana jang qilaman, revansh olaman deydi», — so‘z o‘yini qilgan Tramp o‘zini Harris bilan o‘tgan debat g‘olibi sanamoqda.

Yaxshisi, Harris to‘rt yil davomida uddalay olmagan majburiyatlariga diqqatini qaratsin, deya qo‘shimcha qilgan Tramp uchinchi debat o‘tkazilmasligini aytdi.

10-sentyabrda o‘tgan debat ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Tramp o‘zicha g‘olib, ammo Reuters va Ipsos o‘tkazgan oxirgi so‘rovlar natijalari amaldagi saylovoldi kurashida vitse-prezident Kamala Harris saylovchilar tomonidan ko‘proq qo‘llanayotganini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring