Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerevan markazidagi gipermarketlardan birida portlash sodir bo‘ldi (video)

Yerevan markazidagi gipermarketlardan birida portlash sodir bo‘ldi (video)

Armaniston poytaxti Yerevandagi savdo markazida yirik portlash ro‘y berdi. Portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soni esa 20 kishiga yetgan.

Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida ayni paytda yong‘in-qutqaruv guruhining 6 ta jamoasi ish olib bormoqda. Portlashdan so‘ng sodir bo‘lgan yong‘in 3-darajali deb topilgan.

Voqea sodir bo‘lgan hududga yaqin yashovchi mahalliy aholi vakillaridan birining guvohlik berishicha, dastlabki portlashdan so‘ng ham yana bir portlash kuzatilgan. «Novosti-Armeniya»ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu pirotexnika vositalari saqlanadigan omborxonalardan biri bo‘lgan.

2021-yilning aprel oyida ham ushbu savdo markazida yong‘in kelib chiqqan va yong‘inning yumshoq o‘yinchoqlar hamda xo‘jalik mollari savdosi bo‘ladigan do‘konlarda boshlangani aniqlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring