Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Yevropa Kengashi Ittifoqning Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarini yana olti oyga, 2025-yil 31-yanvargacha uzaytirdi.

YeI matbuot xizmati Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng keskin kengaytirilgan ushbu sanksiyalar endilikda "keng tarmoqli sanksiyalarni, jumladan savdo, moliya, texnologiya va ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berish, sanoat, transport cheklovlarini o‘z ichiga olganini eslatib o‘tadi".

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi urush boshlanganidan keyin Rossiyaning bir nechta banklarini SWIFT banklararo tizimidan asta-sekin uzib qo‘ydi, rus nefti va ayrim turdagi neft mahsulotlarini dengiz orqali olib kirishni taqiqladi, shuningdek, bir nechta translyasiya kanallarini yopdi. 

Urush boshidan buyon Yevropa Rossiyaga qarshi 14 paketni o‘zi ichiga olgan sanksiyalarni kiritdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring