Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eyfeldagi olimpiya halqalari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

Eyfeldagi olimpiya halqalari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

Foto: Olympics

Eyfel minorasida olimpiya o‘yinlari ramzi (halqalar)ni saqlab qolish masalasi Fransiyada bahs-munozalaralarni keltirib chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tarixiy qaror haqida Parij meri Ann Idalgo o‘z Instagram-sahifasida ma’lum qilgandi. Uning yozishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan ruxsat olingan. Faqat hozirgi 30 tonnali halqalar yengilroqlariga almashtiriladi. Chunki olimpiya ramzi uzoq muddatga o‘rnatiladi.

Hokimning bayonoti Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati hamda Gyustav Eyfel avlodlarining noroziligiga uchradi. Eyfel minorasi — chet tashkilot uchun «reklama maydoni» emas, balki Parijning ramzidir, deyishmoqda ular.

Shu bois Change.org platformasida minorada olimpiya halqalarini saqlab qolishga qarshi petitsiya boshlanib, 20 mingdan ziyod imzo yig‘ildi.

«Parij meri istaydimi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, bayram tugashi bilan bizning ramzimiz o‘z tabiiy holatiga qaytishi shart», — deyiladi petitsiya murojaatida.

Parijdagi XVII Paralimpiya o‘yinlari 8 sentyabr kuni yakuniga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring