Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi

G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham xuddi natsistlar yetakchisi Adolf Gitler to‘xtatilganidek to‘xtatiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Erdo‘g‘onning ushbu keskin bayonoti G‘azodagi mojaro boshlanganining bir yilligi sabab yangragan. 

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroil ertami-kechmi «bir yil davomida sodir etgan va shu kungacha davom ettirayotgan bu genotsid uchun to‘lov to‘laydi».

Erdo‘g‘on Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitlerga qiyosladi va u ham «insoniyatning umumiy ittifoqi tomonidan to‘xtatilishini» aytdi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023-yil 7-oktyabrda, HAMAS G‘azo sektoridan Isroil hududiga kirganida keskinlashdi. Bunga javoban Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ma’lum qildi. Mintaqadagi shafqatsiz mojaro bir yildan ortiq davom etmoqda, qo‘shni davlatlar ham uning orbitasiga asta-sekin tortilmoqda. Urush oqibatida 50 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring