Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston bosh vaziri Putinga «tanbeh» berdi

Hindiston bosh vaziri Putinga «tanbeh» berdi

Rossiyaga tashrif buyurgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Vladimir Putin bilan uchrashuvda «urush yechim emas», dedi.

«Yechim urush orqali bo‘lishi mumkin emas. Bombalar, raketalar, miltiqlar tinchlikni ta’minlay olmaydi. Shuning uchun biz muloqotga e’tibor qaratamiz va muloqot zarur».

Hindiston Bosh vaziri do‘st sifatida gapirayotganini va bu bizning avlodlarning «yorqin kelajagi» uchun zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Hindistonning NDTV teleradiokompaniyasi mamlakat Ukrainadagi urushda qatnashgan fuqarolarini vataniga qaytarish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berdi. Ularni armiyadan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror prezident Putin va Rossiyada tashrif bilan bo‘lgan bosh vazir Modi o‘rtasidagi uchrashuvda qabul qilingan.

NDTV xabar berishicha, o‘n nafar hindistonlik allaqachon o‘z vatanlariga qaytgan, qolganlari ham xizmatdan bo‘shatiladi.

Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 20 nafar Hindiston fuqarosi agentlar tomonidan ularga yaxshi maoshli ishlarni va’da qilgan holda «xatolik bilan» Ukrainadagi urushga tushib qolgan.

Ukrainada kamida ikki hindistonlik halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda telekanal va Rossiya armiyasida 30 dan 40 nafargacha Hindiston fuqarosi xizmat qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring