Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sifati past, ammo arzon benzin sotishga ruxsat berildi — AQSh

Sifati past, ammo arzon benzin sotishga ruxsat berildi — AQSh

Foto: «WSJ»

Bugun, 12-aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (Environmental Protection Agency, EPA) etanol tarkibi 15 foizgacha (E15) benzinni sotishga ruxsat berganini ma’lum qildi.

Ruxsat 1-iyundan 15-sentyabrgacha amal qiladi.

AQShda 2011-yildan beri faqat E10 (10 foizgacha etanolli) benzinni sotishga ruxsat bor edi. Issiq kunlarda havoda smog (zaharli moddalar bilan to‘yingan tutun) hosil bo‘lishining oldini olish uchun shunday qilingan. 

Bayden ma’muriyati hisob-kitoblariga qaraganda, iflosroq, ammo E10 ga nisbatan arzon benzindan quygan haydovchilar har gallondan (1 gallon — 3,78 litr) o‘rtacha $0,1 iqtisod qilishadi, yozmoqda «The Wall Street Journal».

AQShda benzinning o‘rtacha narxi mart oyida bir galloni uchun $4,3 gacha chiqib ketgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 150 mingta AYQSh bor. Ulardan 2,3 mingtasida E15 benzini sotilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring