Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkita atom portlashidan tirik qolgan odam

Ikkita atom portlashidan tirik qolgan odam

Foto: «Youtube»

Ayrimlar har qanday og‘ir, baxtsiz hodisadan ham beshikast omon qolishadi. Shunday kimsalardan biri, ya’ni ikkita atom portlashini boshidan kechirgan odam haqida «Rambler» hikoya qiladi.

Xirosima va Nagasakidagi qayg‘uli voqea butun dunyoga ma’lum. Amerika bombardimonchi samolyotlari bu shaharlarga atom bombalarini tashlaganda 200 mingdan ziyod inson halok bo‘lgan. Biroq portlash markazidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bitta baxtli odamga tirik qolish nasib etgan. Bu Sutomu Yamaguchidir.

1945-yil Yamaguchi 20 yoshda edi va u Xirosimaga xizmat safariga kelgandi: avgust oyining mudhish sanasi, ya’ni Amerika uchuvchilari bomba tashlagan vaqtda Sutomu portlash markazidan atigi 2,5 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Yosh yigit kuygan, katta miqdorda radiatsiyalangan va qisman ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, tirik qolgandi.

Keyingi kuni u uyiga, ya’ni Nagasakiga qaytishga muvaffaq bo‘ladi. Yamaguchi endigina guvohi bo‘lgan dahshatni biroz unutib, xotirjam nafas olaman degandi, biroq uning orzusi ushalmadi.

Chunki Nagasakiga qaytib kelganidan bir kun o‘tib, ya’ni 1945-yilning 8-avgustida uning shahriga ham o‘shanday bomba tashlanadi. U bu kuni bomba tashlangan joyga yanayam yaqinroq edi. Kuni bitmagan ekan, yana tirik qoldi. To‘g‘ri, u bu safar ham katta miqdorda radiatsiyalangandi.

Yamaguchining ikkita atom bombasi, ustiga-ustak, radiatsiyalanishdan ham tirik qolishi fizika qonunlariga zid haqiqiy mo‘’jiza edi. Qizig‘i, Sutomu ulug‘ yosh – 94 ga to‘lishiga bir necha oy qolganida olamdan o‘tdi.

2009-yil unga Sutomu Yamaguchi — ikkita atom bombasidan tirik qolgan dunyodagi yagona inson ekanini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring