Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» — Erdo‘g‘on

«Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» — Erdo‘g‘on

Isroil G‘azo sektorida 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirib, hatto Gitlerni ham ortda qoldirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

«Har qanday sharoitda men Falastinni himoya qilishda davom etaman va Xudo menga bergan umrimning oxirigacha mazlum xalqning ovozi bo‘laman», — dedi Turkiya rahbari.

HAMAS harakatining faoliyatiga to‘xtalar ekan, u «mustaqillik urushi davrida Turkiya uchun Milliy kuchlar qanday bo‘lgan bo‘lsa, HAMAS ham o‘shandaydir», deya izoh bergan.

Avvalroq Erdo‘g‘on Isroilni provokatsiyada ayblagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring