Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Livan poytaxtiga hujum boshladi. Besh nafar bola o‘lgani aytilmoqda

Isroil Livan poytaxtiga hujum boshladi. Besh nafar bola o‘lgani aytilmoqda

Isroil harbiy havo kuchlari Livan poytaxti Bayrutga hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida besh nafar bola halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy Daxiya chekkasida uchta kuchli portlash sodir bo‘lgan. Livan poytaxti Bayrutda shaharning janubiy chekkasida yashovchilar kuchli portlash ovozini eshitgani haqida xabar berganidan keyin qalin tutun buluti paydo bo‘ldi.

Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Isroil Livandagi Hizbulloh guruhining muhim inshootlari yaqinida zarba bergan. Isroil samolyotlari shahar ustida aylanishda davom etmoqda.

Isroil tomoni Hizbulloh guruhining yirik rahbarlaridan biri Ibrohim Oqilning nishonga olinganini iddao qilgan. 

17 va 18-sentyabr kunlari Livanda Hizbulloh tomonidan foydalaniladigan peyjerlarda katta portlashlar sodir bo‘ldi. Operatsiya uchun javobgarlik Isroil razvedka xizmatlariga yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring