Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda mudofaa xarajatlari rekord miqdordan oshib ketdi

Jahonda mudofaa xarajatlari rekord miqdordan oshib ketdi

Jahon mudofaa xarajatlari 2023-yilda birinchi marta 2 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi Defence One.

Shunday qilib, mudofaa xarajatlari avvalgiga nisbatan 10,4 foizga oshdi. Harbiy ehtiyojlar uchun sarf-xarajatlarning 2,12 trillion dollargacha oshishi sabablari orasida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi bor.

Mudofaa xarajatlarining yarmi NATO davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Misol uchun 2022-yilda mudofaa xarajatlarining 39 foizi (877 mlrd dollar) AQShga to‘g‘ri kelgan. 

Bundan tashqari, ekspertlar 2030-yilgacha mudofaa xarajatlarini yanada oshirishni istisno qilishmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring