Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Sudan prezidenti Putin oldida noo‘ng‘ay holatga tushdi (video)

Janubiy Sudan prezidenti Putin oldida noo‘ng‘ay holatga tushdi (video)

28 sentyabr kuni Vladimir Putin Kremlda Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv boshida kichik noo‘ng‘aylik sodir bo‘ldi. Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir sinxron tarjima qilish uchun quloqchinni qanday taqishni bilmadi. Deyarli bir daqiqa davomida u buni qanday qilishga o‘ylandi, deb yozadi «Novie izvestiya».

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti vaziyatga aralashishga majbur bo‘lgan. Putin hamkasbiga quloqchindan qanday foydalanishni bir necha bor ko‘rsatgan.

Noqulaylikka Salva Kiir kiygan katta shlyapa sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring