Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kichik Kennedi AQShning navbatdagi prezidenti kim bo‘lishini aytdi

Kichik Kennedi AQShning navbatdagi prezidenti kim bo‘lishini aytdi

Foto: RBK

Prezidentlikka mustaqil nomzod Robert (kichik) Kennedi aytishicha, AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp bo‘ladi. Bu haqda Amerikaning NBC telekanali xabar berdi.

Kichik Kennedining fikricha, sobiq prezident Trampda Oq uyga qaytish imkoniyati yuqori.

Avvalroq berilgan xabarlarga ko‘ra, sobiq prezident Barak Obama demokratlar Baydenning o‘rniga prezidentlikka ilgari surishi kutilayotgan Kamala Harrisni qo‘llamasligini ma’lum qilgan. U demokrat ayol respublikachi Trampni yenga olishiga ishonmayapti.

Tramp va Harris o‘rtasidagi debat 10-sentyabr kuni o‘tkazilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring