Mayya Sandu saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Mayya Sandu Moldovada prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Protokollarning 98,9 foizini qayta ishlagandan so‘ng, Sandu 55 foiz ovozga ega bo‘ldi. Uning raqibi sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo bo‘lib, u 45 foiz ovoz olgan. Bu Sanduning ikkinchi prezidentlik muddati bo‘ladi.
U o‘zining X sahifasida saylovchilarga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Moldova, bugun siz g‘alaba qozondingiz. Biz birgalikda birligimiz, demokratiyamiz va munosib kelajakka sodiqligimizni namoyish etdik. Men Barchangizga xizmat qilishdan faxrlanaman», deb yozdi Sandu.
Bu uning ikkinchi muddatga saylanishidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter