Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nigeriyaning sobiq prezidenti Muhammadu Buxoriy vafot etdi

Nigeriyaning sobiq prezidenti Muhammadu Buxoriy vafot etdi

Foto: Wikipedia

Nigeriyaning sobiq prezidenti Muhammadu Buxoriy 82 yoshida Londondagi shifoxonada vafot etdi.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘i orqali sobiq prezidentning matbuot kotibi Garba Shehu ma’lum qildi.

Muhammadu Buxoriy 2015–2023-yillarda Nigeriya prezidenti bo‘lgan. GhanaWeb portali yozishicha, Buxoriy prezidentligining so‘nggi yillarida ko‘p betob bo‘lib, davolanish uchun Buyuk Britaniyaga qatnagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring