Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uyga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Oq uyga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Keti Zakariya.

Foto: The Hill

Oq uy matbuot kotibi lavozimiga 42 yoshli Keti Zakariya tayinlandi. U shu yilning avgust oyida ishdan ketgan Kerolayn Levittning o‘rnini egalladi.

Yangi matbuot kotibi avval ham Trampning saylovoldi shtabida faoliyat yuritgan. U bunga qadar «Truth Social» kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilgan, shuningdek, AQShning «Fox News» va «Newsmax» telekanallarida siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat yuritgan.

Donald Tramp o‘z tanlovini izohlar ekan, Zakariyaning boy tajribasi va bilimini yuqori baholadi. Oq uy rahbari «Truth Social» tarmog‘i orqali ma’lum qilishicha, Keti Zakariya Pepperdayn universiteti va uning qoshidagi Karuzo yuridik maktabini bitirgan, mutaxassiligi — advokatlik.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring