Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon prezidenti bir qator o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Ozarbayjon prezidenti bir qator o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 30-avgust kuni bir qator o‘zbekistonliklarni «Dostlug» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli) hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev qayd etilgan.

Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti O‘zbekiston xalq artisti, ozar tilida o‘nlab qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etgan Nasiba Abdullayevani «Ozarbayjon xalq artisti» yuksak unvoniga loyiq ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring