Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi (video)

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi (video)

Elchixonaga uyushtirilgan terakt haqida Ozarbayjon TIV rasmiy bayonot berdi.

Unda vazirlik Eron tomonini ushub hujumda xavfsizlikni ta’minlamaganlikda ayblaydi. Qayd qilinishicha, Erondagi diplomatik vakolatxonaga avval ham tahdid solishga urinishlar bo‘lgan va bu holat haqida mahalliy hukumat doim xabardor qilib kelingan.

«Afsuski, so‘nggi qonli terakt bu boradagi shoshilinch murojaatlarimizga yetarli darajada sezgir bo‘lmaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatmoqda», – deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida. 

Xabarda elchixonaga hujum qilgan shaxs «Kalashnikov» avtomati bilan kirib kelgani va xavfsizlik xizmati rahbarini o‘ldirgani aytiladi. Hujumning oldini olish chog‘ida elchixonaning ikki qo‘riqchisi ham yaralangan. Ularning ahvoli qoniqarli ekani ma’lum qilindi.

«Biz Eron tomonidan tilga olingan terrorchilik harakati aybdorlari, shuningdek, ushbu qonli harakatga buyurtma berganlar imkon qadar tezroq aniqlanib, eng og‘ir jazoga tortilishini qat’iy talab qilamiz.

Ozarbayjon tomoni aybdorlarning aniqlanishi va munosib jazolanishi uchun tegishli xalqaro mexanizmlar taqdim etgan barcha imkoniyatlardan foydalanadi.

Terrorchilik harakati natijasida yuzaga kelgan vaziyatda elchixona xodimlari va oila a’zolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish rejalashtirilmoqda», – deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring