Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden papuaslarni ranjitdi

Bayden papuaslarni ranjitdi

Foto: Radio Free Asia

Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri Jeyms Marape AQSh prezidenti Jo Baydenning kannibalizm haqidagi fikrlarini tanqid qildi. Bayden navbatdagi chiqishlaridan birida Ikkinchi jahon urushi davrida Yangi Gvineyada aviahalokatga uchragan amakisi go‘yoki mahalliy kanniballarga yem bo‘lgani ehtimoli haqida gapirgandi. Bosh vazir Marape uning mamlakatiga «bunday yorliq» osish noto‘g‘riligini ta’kidladi, deya xabar berdi Associated Press.

«Ehtimol bu gap Baydenning og‘zidan shunchaki chiqib ketgandir, biroq «bunday yorliq»ni mening mamlakatimga nisbatan qo‘llash yaramaydi», — dedi Marape.

Bosh vazir ta’kidlashicha, Papua-Yangi Gvineyada hamon Ikkinchi jahon urushida halok  bo‘lganlarning jasadlari va o‘sha davr texnikalari qoldiqlari topilmoqda. Shu temir bo‘laklaridan hozir ham ayrim mahalliy odamlar jarohat olishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-aprel kuni prezident Bayden Ikkinchi jahon urushida qatnashgan amakisi Embrouz Finneganning jasadi topilmagani, uning samolyoti Yangi Gvineya orollari tepasida halokatga uchragani haqida bayonot bergandi. Oq uy rahbari samolyot qulagan hududda ko‘plab kanniballar yashaganiga ham shama qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring