Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parijda qalbaki olimpiya medallari sotuvchisi qo‘lga olindi

Parijda qalbaki olimpiya medallari sotuvchisi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Parijda qalbaki olimpiya medallarini sotib yurgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Le Parisien yozishicha, u ijarada turgan xonadonda 800 dan ortiq soxta medal topilgan.

Ushlangan odam — braziliyalik 39 yoshli erkak Fransiyaga Olimpiya o‘yinlari ochilishidan bir necha kun oldin kelgan. U ijraga olgan xonadonda tintuv o‘tkazilganida 198 ta to‘liq medal (tasmali), 666 ta tasmasiz medal, 655 ta taqinchoq va «Parij 2024» emblemali 727 ta tasma topilgan. Qolaversa, 1340 yevro naqd pul va 500 yevro nominalli qalbaki banknota topilgan.

Qalbaki medallar sotuvchisi hibsga olinib, tergov boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring