Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari nega ochiqlanmayotganiga javob berdi

Putin Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari nega ochiqlanmayotganiga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumi doirasida dunyo axborot agentliklari bilan suhbat o‘tkazdi. Ukraina urushi intervyuda bosh mavzulardan biri bo‘ldi. 

Putinning aytishicha, Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari Ukrainanikidan bir necha baravar kamroqdir. RF rahbari Ukraina so‘nggi oyda 50 mingdan oshiq askar yo‘qotganini iddao qilgan. 

Ukraina asirligida 1348 nafar rossiyalik, Rossiya asirligida esa 6465 nafar ukrainalik askar bor, deydi u. Shuningdek, urush boshidan beri 30 rossiyalik jurnalist urushda o‘lgan. 

Putin nega rossiyalik harbiylar orasida yo‘qotishlar hajmi oshkor etilmagani haqidagi savolga javob berdi. «Qoidaga ko‘ra, bu haqda umuman gapirilmaydi yoki gapirishsa ham lekin raqamlarni buzib ko‘rsatishadi», deb javob berdi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina urushidagi yo‘qotishlar haqida o‘ta aniq raqamlar yo‘q. Ikki tomon ham raqibning katta yo‘qotishlari haqida bayonot berib keladi. Masalan, Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, urushda kamida 500 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring