Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston ham lotin alifbosiga o‘tmoqchi

Qirg‘iziston ham lotin alifbosiga o‘tmoqchi

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Emil Toktoshev va Kamila Taliyeva qirg‘iz tilini kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tkazishni taklif qildi.

Bu haqda Qirg‘iziston Oliy Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

«Tilimizni asrab-avaylash uchun lotin alifbosiga o‘tishimiz kerak», deya ta’kidladi To‘qtoshev «Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida.

Parlament a’zolarining fikricha, bu islohot ancha oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muhokama natijasida «Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Loyiha deyarli barcha faoliyat sohalarida hujjatlar aylanishida qirg‘iz tilidan majburiy foydalanishni nazarda tutadi, rus tili esa zaxira sifatida qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring