Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston 2 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘mir eksportini oshira boshlaydi

Qozog‘iston 2 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘mir eksportini oshira boshlaydi

Qozog‘iston 2025-yildan keyin O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich yiliga 12,8 million tonnagacha oshiradi. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Eron Sharxon Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi ko‘mir forumida gapirib o‘tdi.

«Bugun Qozog‘iston hukumati tomonidan 8 ta loyihani amalga oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirishni ko‘zda tutuvchi «2029 yilgacha yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlandi. Ekibastuz GRESida yangi energiya bloklari qurilishi boshlandi, 2028-yildan boshlab Kokshetau va Semey shaharlarida IESlar ishga tushiriladi. O‘zbekistonga 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich 12,8 million tonnagacha ko‘mir yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqilyapti. Mamlakatning eksport yo‘nalishlari kengayadi”, – deydi Eron Sharxon.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Qozog‘iston O‘zbekistonga 13,6 mln dollarlik 487,9 ming tonna ko‘mir yetkazib bergan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilgi hajmga nisbatan 18,4 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring