Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston aeroportlarida xavfsizlik kuchaytirilmoqda

Qozog‘iston aeroportlarida xavfsizlik kuchaytirilmoqda

Qozog‘iston hukumati 1-maydan boshlab mamlakat aeroportlarida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha choralarni joriy qiladi. Bu haqda respublika transport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Nur.kz xabar bermoqda.

«2024-yil 1-maydan boshlab mamlakatimizdagi barcha aeroportlarda quruqlikdagi hududlar, avtoturargohlar va yo‘lovchi terminallarida aviatsiya xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etiladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi terminallariga kirishda birinchi navbatdagi tekshiruvlar terminalga taqiqlangan narsalarni olib kirishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

Vazirlik yo‘lovchilarni tekshirish va ro‘yxatdan o‘tish uchun aeroportlarga oldindan kelishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avval Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri 2022-yil yanvar voqealari sabab ushlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring