Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda AES qurilishi masalasi xavotir va tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

Qozog‘istonda AES qurilishi masalasi xavotir va tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

Illyustrativ foto

Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish masalasidagi yakuniy ommaviy eshituvlar poytaxt Ostonada bo‘lib o‘tdi. Masala bungacha mamlakatning boshqa shaharlarida keng muhokama qilingandi.

Report muxbiri Ostonadan xabar berishicha, qatnashchilardan biri AES qurilishi nafaqat ekologik, texnologik va moliyaviy risklarni keltirib chiqarishi, balki harbiy shantaj nishoniga aylanishi ham mumkinligini ta’kidlagan.

Uning fikriga qo‘shilganlardan biri — Daniyar Kaliyev Ukrainadagi Zaporoje AES, Fukusima avariyasi, Chernobil halokatini misol keltirib, bular Qozog‘iston uchun saboq bo‘lishi lozimligini aytdi. Kaliyevning fikricha, atom energetikasi eskirdi, butun dunyo tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tmoqda.

Ostonadagi eshituvlarda ta’kidlanishicha, AES qurilishi va undan foydalanish qozog‘istonliklarning cho‘ntagiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bundan tashqari, atom chiqindilarini utilizatsiya qilish masalasi ham bor.

Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda pik soatlarda elektr taqchilligi mavjud. «Biz elektr energiyasini Rossiyadan sotib olishga majbur bo‘lyapmiz. Yil boshidan beri 280 mln kVt/soat energiya sotib olindi. Elektr tungi soatlarda arzon, pik soatlarda esa qimmat, shu bois biz qimmatiga sotib olishga majburmiz», — dedi u.

Soha ekspertlari va poytaxt aholisi vakillari qatnashgan eshituvlar yakuniga ko‘ra, Qozog‘istonda AES qurilishi masalasida referendum o‘tkazish sanasi belgilab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring