Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonga AES nega kerak? To‘qayev javob qaytardi

Qozog‘istonga AES nega kerak? To‘qayev javob qaytardi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini taraqqiyot talabi deb atadi.

«Umumjahon taraqqiyotidan ortda qolmaslik uchun biz raqobatbardosh ustunligimizdan foydalanishimiz kerak. Agar fuqarolar (AES qurilishini) yoqlab ovoz bersa, bu mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng ko‘lamdor loyiha bo‘ladi», – dedi To‘qayev respublika deputatlarining II forumidagi nutqida.

Siyosatchiga ko‘ra, AES Qozog‘iston energetika suverenitetini mustahkamlaydi, mamlakatning o‘n yilliklar mobaynida barqaror taraqqiyotini ta’minlaydi, iqtisodiyotning turli sohalari, ilm-fan va ta’lim ravnaqiga turtki beradi. Shu bilan birga, malakali mutaxassislar va muhandislar toifasining shakllanishiga xizmat qiladi.

«Vaqt taqozo shunday. Bu loyihaning ijobiy jihatlariga bugungi yoshlar va kelgusi qozog‘istonliklar avlodi guvoh bo‘ladi», – dedi Qozog‘iston rahbari.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda 6 oktyabr, yakshanba kuni atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Umumxalq ovoz berishi asosida mamlakatga AES kerakmi yoki yo‘qmi degan masala yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinadi.

To‘qayevga ko‘ra, ovoz berish natijasidan qat’i nazar, referendum mamlakat uchun muhim hodisadir, chunki u «xalq ovoziga quloq soluvchi davlat» konsepsiyasining amaliy ifodasi sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring