Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga jang taklif qildi

Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga jang taklif qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovga taklif bilan chiqdi.

«Habib UFCdagilarning barchasini mag‘lub etdi. Lekin «Axmat»dagi bolalarnichi? Habib uchun istagan vaznda jang tashkil qilib berishga tayyorman. Unga qarshi «Axmat»dagi bolalardan biri jang qiladi va faoliyatidagi eng katta gonorarga ega bo‘ladi. UFCda Habibga muxlislik qildik, biroq «Axmat»dagi bolalarga qarshi jang qiladigan bo‘lsa, biz o‘zimiznikilarga muxlismiz. Men Habibga juda katta gonarar berishga tayyorman. Agar bizning sportchilardan biriga qarshi jang qilsa, o‘shanda ko‘ramiz, kim aslida kim ekanligini. Asosiysi kuchlilar g‘olib bo‘lsin», – dedi Ramzan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring