Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi. Viloyat gubernatori Igor Kobzevning so‘zlariga ko‘ra, ekipajning to‘rt a’zosi himoya vositalaridan foydalangan va ularning barchasi tirik topilgan.

Samolyot Irkutsk shimoli-g‘arbidagi Cheremxovo viloyatida qulagan.

«2024-yil 15-avgust kuni Irkutsk viloyatida Tu-22M3 samolyoti rejali parvozni amalga oshirayotganda halokatga uchradi. Ekipaj tirik qolgan. Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Samolyot kimsasiz hududga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan», — dedi Mudofaa vazirligi.

«Kommersant» ma’lumotlariga ko‘ra, bombardimonchi Irkutsk viloyatining Usolskiy tumanidagi Belaya aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Bazada Tu-22M3 bilan qurollangan aviatsiya polki joylashgan. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilinishicha, samolyot bazadan o‘nlab kilometr uzoqlikda, Mixaylovka qishlog‘i yaqinida qulagan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining harbiy tergov organlari tekshiruv o‘tkazmoqda, uning natijalariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 351-moddasi («Parvoz qoidalarini buzish») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring