Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada to‘g‘on yorilib ketdi

Rossiyada to‘g‘on yorilib ketdi

Foto: RIA Novosti.

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatidagi Kialimskoye suv omborida to‘g‘on yorilib ketdi: odamlar tomlarga qochib chiqishga majbur bo‘lishgan. 

Chelyabinsk viloyatida Kialimskoye suv omborida to‘g‘on buzilib ketdi, bu haqda Rossiya axborot agentliklari viloyat hokimiyati bayonotiga asoslanib xabar bergan.

Toshqin zonasida 200 ga yaqin odam borligi aniqlangan.

Karabash shahar okrugida favqulodda holat e’lon qilindi. Kiolim, Muxametovo, Karasayevo, Baidashevo, Saktayevo qishloqlari suv bosgan zonada joylashgan.

«TASS»ning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, to‘rtta qishloq suv harakati yo‘nalishida joylashgan.

«RIA Novosti» agentligi suv toshqini zonasida qo‘lga tushgan odamlar uylarning tomlariga chiqib, qochishga urinayotgani haqida guvohlik beruvchi guvohlarning videolarini e’lon qildi.

To‘g‘on yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring