Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoygu Kim Chen In bilan nimalarni muhokama qildi?

Shoygu Kim Chen In bilan nimalarni muhokama qildi?

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pxenyanda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda «Koreya ovozi».

«Kim Chen In mudofaa vaziri Shoygu bilan uchrashganidan mamnun bo‘ldi va u bilan samimiy suhbatlashdi... Muzokaralar chog‘ida KXDR va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlikning chuqur tarixi yodga olindi, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, Shoygu Kim Chen Inga Rossiya prezidenti Vladimir Putindan maktub bergani qayd etilgan.

Rossiya mudofaa vaziri boshchiligidagi harbiy delegatsiya seshanba kuni Koreya urushidagi harbiy harakatlar tugaganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun Shimoliy Koreyaga yetib borgan.

Ish safari 27 iyulga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring