Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Stounhenj Butunjahon merosi obyekti maqomini yo‘qotishi mumkin

Stounhenj Butunjahon merosi obyekti maqomini yo‘qotishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

Mashhur Stounhenj Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatidan chiqarib tashlanishi mumkin, bu haqda «Guardian» nashri yozmoqda.

Negaki, ushbu toifa yodgorliklarni himoya qiluvchi UNESCO tashkiloti 2022-yilda Stounhenjni yo‘qolib ketish xavfi ostidagi obyektlar ro‘yxatiga qo‘shishni rejalashtirgan. Sababi — qadimiy «tosh halqa» yonida avtotunnel qurilishi rejalashtirilgan.

Angliyaning Uiltshir grafligi hududida joylashgan Stounhenj — jahondagi eng mashhur me’morchilik yodgorliklaridan sanaladi. Tik xarsang toshlar bir nechta halqa ko‘rinishida joylashtirilgan. Ushbu yodgorlik va uning tevarak-atrofi 1986-yilda UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.

Albatta, qadimiy yodgorlikni qutqarish imkoniyatlari yo‘q emas. Buning uchun A303 shossesining Stounhenjdan 100 metr naridan o‘tadigan qismi rejasini o‘zgartirib, yo‘lni uzaytirish va tunnelni chuqurroq qazish kerak. Ammo bu qo‘shimcha moliyalashtirish degani, shu bois hukumat rejani o‘zgartirishga hozircha ko‘nmayapti.

UNESCO ilgari Liverpulning port qismi va tarixiy markazini o‘z ro‘yxatidan o‘chirgandi. Chunki bu yerlarda katta qurilishlar bo‘lgan, xususan, 52 ming o‘rinli stadion qad rostlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring