Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan harbiylari kuchaytirilgan harbiy rejimga o‘tdi, sabab ma’lum

Tayvan harbiylari kuchaytirilgan harbiy rejimga o‘tdi, sabab ma’lum

Tayvan harbiylari orol atrofida Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi kompleks harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazayotgani tufayli kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘rishni boshladi. Bu haqda Accosiated Press xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qo‘mondonlik dengiz va quruqlik qo‘shinlari, qiruvchi qiruvchi samolyotlar va raketa bo‘linmalarini kuchaytirilgan xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazgan.

23-may kuni Tayvan harbiylari mashg‘ulotlar boshlangandan so‘ng orol yaqinidagi havo hududida 49 ta Xitoy qiruvchi samolyotlari va boshqa samolyotlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan.

Bungacha Tayvan Qurolli Kuchlari Bosh shtabi razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-mayor Xuan Vensi orol harbiy razvedkasi Xitoy armiyasi mashqlari boshlangandan keyin Tayvan yaqinida 33 ta samolyot va 31 ta Xitoy kemasining qayd etganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 21-may kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni Tayvan ma’muriyati rahbari Lay Sindeni lavozimga kirishishi bilan tabriklagani uchun tanqid qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring