Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina rus tilidan foydalanishga qonuniy cheklov joriy etdi

Ukraina rus tilidan foydalanishga qonuniy cheklov joriy etdi

Foto: RIA Novosti

«Ukraina tilining davlat tili sifatida ishlashini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunning joriy yil 16-yanvarda kuchga kirgan tegishli moddasi talablariga binoan, Ukrainada supermarket, restoran, kafe, sport klublari, sartaroshxona va boshqa xizmat ko‘rsatish muassasalari ishchilari tashrif buyuruvchilarga faqat ukrain tilida xizmat ko‘rsatishlari shart.

Qonun talablariga ko‘ra, muassasalar xodimlari mehmon bilan ukrain tilida suhbat boshlashlari shart, faqat tashrif buyuruvchining iltimosiga binoan suhbatdoshga qulay bo‘lgan tilga o‘tishlari mumkin. Shuningdek, ukrain tilida mijozlarga tovar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berilishi kerak bo‘ladi. Menyular va boshqa yozma ma’lumotlar boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

Ushbu qoidaga rioya qilinmaganlik uchun muassasalar egalariga jarimalar qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring