Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uralda mashinasini deb ayolni o‘ldirib ketishdi. Qotillikda lo‘lilar va tojikiston fuqarosi gumon qilinmoqda

Uralda mashinasini deb ayolni o‘ldirib ketishdi.  Qotillikda lo‘lilar va tojikiston fuqarosi gumon qilinmoqda

Foto: «Yandeks»

Yekaterinburgda ayol yo‘qolib qoldi

10-oktyabr kuni Yekaterinburgning 27 yoshli fuqarosi Kseniya Katorgina avtomobili — «Audi Q5» krossoverining potensial xaridori bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. Xaridor ayol o‘zini homilador qilib ko‘rsatib, kuchli toksikozdan shikoyat qilgan va Katorginadan unikiga kelishini so‘ragan. O‘sha kuni Kseniya g‘oyib bo‘lgan. Uning to‘qqiz yoshli qizi yaqinlari qaramog‘ida qoladi, deb yozadi «Lenta».

«Audi»si evaziga uy sotib olishni niyat qilgandi

Asli Kamensk-Uralskiydan bo‘lgan Kseniyaning dugonasi aytishicha, u Yekaterinburgning Uralmash rayonidan kvartira ijaraga olgan. Kseniya yangi qurilgan uyga ko‘chib o‘tishni xohlardi va ipotekaga birinchi to‘lov uchun pul to‘playotgandi — aynan shuning uchun u «Audi Q5»sini sotishga qaror qilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 2010-yilda ishlab chiqarilgan mashinasini 780 ming rublga sotishni rejalashtirgan.

Mashinaning egasi juda g‘alati ahvolda bo‘lgan

Onasining so‘zlariga ko‘ra, kelishuv kuni qizi juda g‘alati ahvolda bo‘lgan. «U xuddi gipnoz ta’sirida yurgan, hammasiga qo‘l siltagancha, ishdan javob so‘ragan. Bu qo‘ng‘iroq uni gipnoz qilib qo‘ygandek edi go‘yo», — deydi ayol. Uning so‘zlariga ko‘ra, potensial xaridor haftasiga ikki marta Katorginaga qo‘ng‘iroq qilgan. Onaning gapiga ko‘ra, qizi kechasi, ish kunining oxirida avtomobilini sotish uchun chiqib ketgan.

Yo‘qolgan ayolning qonga bo‘yalgan «Audi»si mashina bozoridan topildi

Bir necha kundan so‘ng g‘oyib bo‘lgan Kseniya Katorginaning «Audi»si Chelyabinskdagi mashina bozori olibsotarlari qo‘liga tushib qolgan. Yaxshilab qaraganda, mashina salonida qon izlari aniqlangan: uni kimdir rosa yuvishga uringan. Bu vaqtga kelib Katorginaning yo‘qolganligi yuzasidan Rossiya tergov qo‘mitasi RF JK 105-moddasi («Qotillik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan. Ko‘ngillilar Kseniyani butun Yekaterinburg va shahar atrofidagi qalin o‘rmonlardan izlashgan.

«Audi»ning egasi o‘lik holda topildi

15-oktyabr tongida Kseniyaning o‘lik holda topilgani ma’lum bo‘ldi: uning tanasi Yekaterinburgdan chiqdi. «KP» manbasiga ko‘ra, ayolni o‘ldirib, shahardagi xususiy sektor atrofiga ko‘mib ketishgan. Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, jinoyatda gumon qilinayotganlar qo‘lga olingan. Faqat gumondorlar soni va ularni qo‘lga olish jarayoni ma’lum qilinmagan.

Qotillikda lo‘li va migrantlar gumon qilinmoqda

«Kommersant’-Ural»ning ma’lum qilishicha, Kseniya Katorginani o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan kishilar 15-oktyabr — uning tanasi topilgan kuni Chelyabinskda qo‘lga olingan. Ular ikkita lo‘li (erkak va ayol) hamda Tojikiston fuqarosi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring