Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Volgograddagi qamoqxonada xodimlarni garovga olganlar o‘ldirildi

Volgograddagi qamoqxonada xodimlarni garovga olganlar o‘ldirildi

Volgograd yaqinidagi koloniyada xodimlarni garovga olingan mahbuslar yo‘q qilindi. 

IK-19 qamoqxonasida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus kuchlarning operatsiyasi yakunlandi, Rossiya gvardiyasi snayperlari to‘rt nafar mahbusni yo‘q qilishdi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Rossiya gvardiyasining Volgograd viloyatidagi maxsus bo‘linmasi snayperlari qamoqxona xodimlarini garovga olgan to‘rt nafar mahbusni to‘rtta aniq o‘q bilan zararsizlantirishdi», — deya xabar beradi Rossiya gvardiyasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Federal jazoni ijro etish xizmatining to‘rt nafar xodimi jarohat olib, Surovikino markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Xodimlardan biri shifoxonada vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Surovikino jazoni ijro etish koloniyasida bir guruh mahkumlar isyon qilib, ayrim xodimlarni garovga olgani xabar berilgandi. Bu Rossiya qamoqxonalaridagi so‘nggi ikki oy ichida ikkinchi xuddi shunday holat bo‘lib, avvalroq Rostov viloyatidagi 1-sonli tergov hibsxonasida ham xodimlar mahkumlar tomonidan garovga olingan va ular maxsus amaliyot paytida jismonan yo‘q qilingani aytilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring