Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning «Kuaychjou» raketasi birinchi parvozi muvaffaqiyatsiz chiqdi (video)

Xitoyning «Kuaychjou» raketasi birinchi parvozi muvaffaqiyatsiz chiqdi (video)

Skrinshot

Xitoyning «Kuaychjou-11» (Kuaizhou-11) raketa-tashuvchisi texnik nosozliklar bois yo‘ldoshlarni fazoga olib chiqa olmadi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Bu «Kuaychjou-11»ning ilk parvozi edi.

Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Szyusyuan kosmodromida mahalliy vaqt bilan bugun soat 12:17 da raketaga start berilgandi. Tashuvchi bortida «Jilin-1 Gaofen-02E» va «CentiSpace-1 S2» yo‘ldoshlari bor edi.

Mutaxassislar nosozlik sababini o‘rganishga kirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring