Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yandeks» data-markazlarini tiklash 6 oygacha cho‘zilishi mumkin

«Yandeks» data-markazlarini tiklash 6 oygacha cho‘zilishi mumkin

«Yandeks»ning uchta data-markazida shikastlangan infratuzilmani almashtirish uchun zarur uskunalarni yetkazib berish olti oygacha vaqt olishi mumkin. Bu haqda «Kommersant’» nashri yozmoqda. 

Bozor ishtirokchilari quvvatlar tanqisligi va uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoyalanish xarajatlari ortishi sababli serverlar hamda bulutli xizmatlar qimmatlashishini kutmoqda.

The Insider nashri kompaniyaning 2025 va 2026-yillarda tariflarni oshirishga oid ma’lumotlarini o‘rganib, «Yandeks»ning ayrim bulutli xizmatlari so‘nggi ikki yilda 16,6 foizga qimmatlashganini aniqlagan.

Foydalanuvchilar «Yandeks Pey», elektron pochta, «Lavka» va «Yeda» xizmatlaridagi muammolardan shikoyat qilmoqda. Taksichilar va kurerlar esa ishlab topgan pullarini yechib olish imkoni yo‘qligini bildirmoqda. 12-oktyabr holatiga ko‘ra, Yandex Cloud hamon avariya rejimida ishlamoqda. Kompaniya mijozlarga ma’lumotlarini muqobil platformalarga ko‘chirishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8–11 oktyabr kunlari Ryazan, Kaluga va Vladimir viloyatlarida joylashgan «Yandeks»ning uchta data-markaziga dronlar orqali hujum qilingandi. Ushbu obyektlarda kompaniyaning uchta superkompyuteri ham joylashgan bo‘lgan. So‘nggi hujumdan keyingi uzilishlar kamida oltita mamlakatga, jumladan, O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatgan.

«Yandeks» infratuzilmani to‘liq tiklash muddatlarini hozircha ma’lum qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring