Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy GES portlashiga munosabatdan hayratga tushdi

Zelenskiy GES portlashiga munosabatdan hayratga tushdi

Vladimir Zelenskiy BMT va Qizil Xoch tashkilotining Kaxovskaya GESi to‘g‘oni vayron qilingani haqidagi ma’lumotlardan so‘ng yordam so‘rovlariga munosabatidan hayratda qolganini aytdi.

Ukraina prezidentiga ko‘ra, ushbu xalqaro tashkilotlar yordam so‘roviga javob bermagan yoki xushmuomalalik bilan rad etgan.

«Hozir sodir bo‘layotgan voqea fojia. Ekologik falokat va insoniyat halokati», — deydi Ukraina prezidenti.

«Odamlar, hayvonlar halok bo‘ldi. Suv bosgan uylarning tomidan odamlar cho‘kib ketganlarning jasadlarini ko‘rishmoqda», — dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Nova Kaxovka GESi portlatib yuborildi. Ukraina va Rossiya tomoni bunda bir-birini ayblamoqda. 

«40 mingdan ortiq odam suv toshqini xavfi ostida. Ukraina hukumati 17 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilmoqda. Afsuski, Rossiya nazorati ostidagi hududda 25 mingdan ortiq tinch aholi vakillari bor», – deydi Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring