Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell» yuqori tezlikdagi internetni rivojlantirishdan manfaatdor (video)

«Ucell» yuqori tezlikdagi internetni rivojlantirishdan manfaatdor (video)

Foto: «Xabar.uz»

«Ucell» mintaqaviy filiallari bo‘ylab media-turimiz davom etadi. Bu safar «Xabar.uz» sayti Surxondaryo sari yo‘l oldi va «Ucell-Termiz» mintaqaviy filialidan lavha hozirladi. 

Bugungi kunda mazkur filial 330 ming abonentga ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. E’tiborlisi, har bir viloyat va tuman markazlarida 4G tarmoqli zamonaviy stansiyalar muntazam ishlab turibdi.

– Kompaniyamiz 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida yangi bazaviy stansiyalar qurish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejalar ishlab chiqdi – deydi «Ucell-Termiz» mintaqaviy filiali direktori v.b. Bobur Hasanov. – «Ucell» kompaniyasi viloyatimizda tarmoq va yuqori internetni rivojlantirish hamda kengaytirishdan manfaatdor. Ayni paytda hududimizda biz bilan yaqin hamkorlikda ishlovchi 130 dan ortiq dilerlik shoxobchalari mavjud va ular doimiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Kuchaytirilgan karantin davrida ham kompaniyaning dilerlik shoxobchalari va ofislari o‘z faoliyatini to‘xtatmadi. Aksincha abonentlarga yangi qulayliklar yaratish ustida bosh qotirdi. Jumladan, sim karta yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Ya’ni har bir abonent uydan chiqmasdan tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu xizmat hozirda ham mavjud.

– «Ucell-Termiz» mintaqaviy bo‘limida ikkita abonent xizmat ko‘rsatish ofisi mavjud: Termiz va Denov shaharlarida. Front ofisda esa 5 nafar operator abonentlar xizmatida – deydi «Ucell-Termiz» Abonentlar bo‘limi rahbari Viktor Koyda. – Biz kuniga o‘rtacha 200 ga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatamiz va ofisimizga tashrif buyuruvchi har bir mijozning harorati o‘lchanadi. Qo‘llariga antiseptik vositalar bilan ishlov beriladi. Karantin davrida rahbariyat xodimlarimizni ofisga va uyga yetkazuvchi transport hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minladi.

– Men 2016-yildan beri «Ucell» kompaniyasi bilan shartnoma asosida ishlab kelaman. Bizga taqdim etilayotgan qulayliklar uchun ham ushbu kompaniyani tanlaganman – deydi «Ucell-Termiz» dileri Mehriniso Narziyeva. – Kelajakda hamkorlikdagi faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatimiz bor. Muhimi, karantin davrida ham xizmatlarimiz to‘xtab qolmadi, ishlashda davom etdik. Raqam yetkazib berish, tiklash xizmatini yo‘lga qo‘ydik. Ochig‘i, biz «Ucell» kompaniyasidan juda mamnunmiz. 

Termizdagi ofis abonentlar uchun haftada 6 kun ishlab, aholiga tushliksiz xizmat ko‘rsatadi. Eng asosiysi, tashrif buyuruvchilar ochiq chehra bilan qarshi olinib, xushmuomalalik bilan kuzatiladi.

«Ucell-Termiz» mintaqaviy filiali ishonchli va sifatli xizmat uchun doim shay!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring