Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Formula-1»da pit-stop bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

«Formula-1»da pit-stop bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Foto: «Carakoom.com»

Avstriya jamoasi yozda Germaniyadagi Gran-prida erishgan natijasini yangiladi.

«Red Bull» jamoasi Braziliyada «Formula-1» Gran-pri doirasida g‘ildiraklarni almashtirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar berdi «Formula-1»ning  «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasida.

Avstriya jamoasi vakillari 1,82 soniyada pit-stopni amalga oshirishning uddasidan chiqishdi. Shu tariqa ular iyulda Germaniyada o‘zlari o‘rnatgan 1,88 soniyalik rekordni yangilashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring