Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng uzun oyoq sohibasi orzulari va muammolari haqida so‘zlab berdi

Dunyodagi eng uzun oyoq sohibasi orzulari va muammolari haqida so‘zlab berdi

Foto: «Guinness World Records»

AQShning Texas shtati Ostin shahrida istiqomat qiluvchi, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng uzun oyoq sohibasi har kungi qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda «Guinness World Records» saytida ma’lumot berilgan.

17 yoshli rekordchi Maki Karrin ayollar va o‘smirlar orasida dunyo bo‘yicha eng uzun oyoqlar sohibasi hisoblanadi. Faqat oyoqlarining uzunligi har xil. Chap oyog‘i 135,3 santimetr, o‘ng oyog‘i esa 134,3 santimetr uzunlikka ega. Qizcha baland bo‘yli odamlarni o‘zlarining tabiiy a’zolarini qadrlashga ilhomlantirish va rag‘batlantirish uchun rekord o‘rnatishni orzu qilardi.

«Oyoqlarim uzun bo‘lgani uchun meni hech kim hech qachon tahqirlamagan. Faqat boshqalardan balandroq bo‘lganim uchun masxara qilishardi, — deb eslaydi u. — Yuqori sinflarda atrofdagilarning men haqimda nima o‘ylashlari qiziqtirmay qo‘ydi. Shundan so‘ng hech nimadan ranjimaydigan bo‘ldim».

208 santimetrli Karrin baland bo‘yli ayollarni buni Yaratganning in’omi sifatida qabul qilishga chaqiradi.

Amerikalik qiz har kuni bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi: eshiklardan o‘tish, mashinaga o‘tirish, mos kiyim tanlash qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay, uzun oyoqlari unga tengdoshlari bilan birga voleybol o‘ynashiga yordam beradi. O‘zining g‘ayrioddiy tashqi ko‘rinishi bilan TikTok videoservisida mashhurlikka erishdi.

Kelajakda Karrin Buyuk Britaniyadagi kollejga o‘qishga kirishni va dunyodagi eng baland bo‘yli professional model sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring